O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 aprel kuni Abdulfattoh as-Sisini Misr Arab Respublikasi Prezidenti lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan tabrikladi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Avvalroq Misrning amaldagi prezidenti 26−28 mart kunlari bo‘lib o‘tgan saylov natijalari bo‘yicha qariyb 92 foiz ovoz to‘plagani xabar qilingan edi.

Misrda 60 millionga yaqin kishi ovoz berish huquqiga ega bo‘lsa, saylovda ularning 23 millioni ishtirok etdi.