30 mart kuni 3:55 atrofida O‘zbekiston shaharlarida kuchsiz zilzila sezildi. Uning o‘chog‘i Toshkentdan 360 km janubda, Tojikiston hududida joylashgan. Bu haqda FVV xabar qildi.

Poytaxtda yer osti silkinishlari kuchi 2 ball, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Namangan, Andijon, Jizzax, Qashqadaryoda ham 2 ball, Surxondaryoda esa 2−3 balni tashkil etdi.

Epitsentrda zilzila magnitudasi 5,8 ni tashkil etdi.

Vayronagarchiliklar va jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.