O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati payshanba kuni «Davlat xavfsizligi to‘g‘risida"gi qonunni tasdiqladi. Qonun 9 bo‘lim va 48 moddadan tashkil topgan bo‘lib, unda O‘zbekiston davlat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi yagona siyosatni shakllantiradi.

«Jahon va Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyat mamlakatlar xavfsizligi tizimi samaradorligini tubdan o‘zgartirishni talab qilmoqda», — dedi Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Farrux Dadaxo‘jayev.
Qonun bilan Davlat xavfsizligi xizmati O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki xatarlardan himoya qiluvchi vakolatli organ etib belgilandi. DXX bevosita mamlakat prezidentiga bo‘ysunadi va hisobot beradi.

Hujjat DXX faoliyatining asosiy tamoyillari belgilab olindi. Ular: qonuniylik, fuqarolar huquq va erkinliklariga rioya etish, fuqarolarga ko‘mak berish, huquqbuzarliklardan ogohlantirish va profilaktikasi ustuvorligi, birlik, mustaqillik va faoliyat konspiratsiyasi.

Qonunga muvofiq, DXX organlari o‘z faoliyatini konspiratsiya tamoyili asosida tashkil etadi. Qonunchilikda ilk bor razvedka va kontrrazvedka faoliyati tushunchasiga aniqlik kiritildi.