23 mart kuni 6.45 da Navoiy viloyatining Navbahor tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi, besh kishi jarohatlandi.

O‘zbekiston IIB saytida xabar qilinishicha, 1959 yilda tug‘ilgan M.Ochilov Captiva avtomashinasini tuman hududidan o‘tuvchi «Navoiy-Nurota» 4-R57 avtomobil yo‘lida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay, qarama-qarshi yo‘lda harakatlanib kelayotgan 1990 yilda tug‘ilgan S.Jabborov boshqaruvidagi Matiz avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada «Matiz» avtomashinasi haydovchisi S.Jabborov va uning yo‘lovchisi A.Po‘latov jarohat olib, voqea joyida halok bo‘lgan. Qolgan 4 nafar yo‘lovchi va Captiva haydovchisi M.Ochilov turli tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.