Surxondaryo viloyati Janubiy Koreya fuqarolari tashrif buyurishi uchun xavfli yo‘nalishlar ro‘yxatidan chiqarildi, deya xabar qildi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi. Bunga qadar ushbu hudud xavf yuqori bo‘lgan zonaga kiritilgan va tashrif buyurish tavsiya qilinmagan.

Koreya Respublikasi elchisi Kvon Yon-U viloyatga tashrif buyurib, infratuzilmalar bilan tanishdi va turizm sanoatini rivojlantirish, xususan turizm politsiyasi faoliyati hamda turizm xavfsizligi konsepsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

2 martdan Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Termizni va Afg‘oniston bilan chegaradosh tumanlarni Koreya fuqarosi sayohat vaqtida o‘ta diqqat qaratishi lozim bo‘lgan hudud ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi qarorni bekor qildi.