Maqsudjon Abdullayevich Yuldashev O‘zbekiston maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Prezident 6 mart kuni shu haqdagi qarorni imzoladi, deya xabar qildi MTV matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

U boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod qilingan Gulchehra Jo‘rayevna Yuldasheva bilan o‘rin almashdi.

Maqsudjon Yuldashev (1978 y. t.) Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bakalavriati (1999) va magistraturasi (2002), 2010 yilda prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Xalq ta’limi vazirligi nazorat-tahlil boshqarmasi boshlig‘i (2010−2012), Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti rektori (2012−2016), Xalq ta’limi vazirligi ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil eish bosh boshqarmasi boshlig‘i (2016−2017), joriy tayinlovga qadar esa — Prezident devoni bosh maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.