Mart oxiriga qadar O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruv operatsiyalarini o‘tkazishdagi harakatlarni qayd qilib boruvchi ekshn-kameralar bilan ta’minlanadi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.

Kameralar qutqaruv va boshqa tezkor operatsiyalarni o‘tkazish jarayonida qutqaruvchilar harakatlarini tahlil qilish orqali kelgusida ehtimoliy xatolarning oldini olishga qaratilgan.

Mitti ekshn-kameralardan hozirda Andijon, Buxoro, Namangan va Toshkent viloyati qutqaruv bo‘linmalarida foydalanilmoqda.