«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi va «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 1 apreldan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublikadan tashqariga chiqayotgan fuqarolarga platskart va umumiy vagonlarga temir yo‘l chiptalari hamda iqtisodiy klass aviachiptalar narxlariga 20 foizgacha chegirma taqdim etadi.

Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga berilgan sharhda so‘z boradi.

Bundan tashqari, vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublikadan tashqariga chiqayotgan har bir fuqaroga «Aloqabank» tomonidan temir yo‘l va aviachipta xarid qilish xarajatlarini qisman qoplash uchun 300 ming so‘m miqdorda beg‘araz to‘lov bir yilda bir marta amalga oshiriladi. «Aloqabank"ning moliyaviy barqarorligi va likvidliligini oshirish maqsadida Davlat byudjeti va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasidan 100 milliard so‘m AT «Aloqabank» ustav kapitaliga kiritiladi.

Shu bilan birgalikda, temir yo‘l va aviachiptalarni imtiyozli tariflarda xarid qilishning asosiy sharti vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublikadan tashqariga chiqayotgan fuqarolarni imtiyozli tariflarda chipta taqdim etishning shaffofligini ta’minlash maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi elektron ma’lumotlar bazasiga ro‘yxatga olish hisoblanadi.

Shuni qayd etish lozimki, qarorda temir yo‘l va aviatransporti imkoniyatini oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan, jumladan:

  • 2018 yil 1 maygacha — vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar ko‘p boradigan Rossiya va Qozog‘iston hududlari va shaharlariga yangi temir yo‘l yo‘nalishlari joriy etish;
  • 2018 yil 1 iyungacha — vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqayotgan fuqarolar tomonidan talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda yangi yo‘lovchi poyezdlarni qo‘yish hamda platskart va umumiy vagonlar sonini ko‘paytirish, jumladan ushbu yo‘nalishlardagi temir yo‘l poyezdi jo‘nashini hududiy temir yo‘l stansiyalaridan amalga oshirish;
  • 2018 yil 1 iyulgacha — vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqayotgan fuqarolarni tashish uchun zarur bo‘lganda xorijiy temir yo‘l kompaniyalarning respublika hududiga kirishini, O‘zbekiston hududiy temir yo‘l bog‘lanmalaridan Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasi stansiyalarigacha yo‘lovchi tashishini nazarda tutgan holda, ta’minlash;
  • 2018 yil 1 maygacha — Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK huzurida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqayotgan fuqarolarni pasaytirilgan tariflarda tashuvchi, kambyudjetli aviakompaniya (loukoster) tashkil etish to‘g‘risida takliflarni kiritish nazarda tutilgan.

Shu bilan birgalikda, vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqayotgan fuqarolar murojaatlari va ehtiyojlariga muvofiq mehnat organlarining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘zda tutilmoqda.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazlari tuzilmasida umumiy 300 shtat birligida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqayotgan fuqarolar bilan ishlash sektorlarini tashkil etiladi.

Mazkur sektorlarning asosiy majburiyatlari uyma-uy yurib vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqib ketishni rejalashtirayotgan fuqarolarni aniqlash hamda ular bilan chet elga xavfsiz chiqish va imtiyozli tariflarda temir yo‘l va aviachiptalar sotuvi mexanizmi masalalari bo‘yicha axborot-tushuntirish va targ‘ibot ishlarini amalga oshirish hisoblanadi.

Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqib ketayotgan fuqarolarning raqobatbardoshligini oshish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga chet tillari va ishlab chiqarish kasblariga o‘qitish kurslarni tashkil etishni ta’minlash topshirilgan.

Shuni qayd etish kerakki, qarorda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqib ketayotgan fuqarolar uchun quyidagilarni o‘z ichiga olgan bank va sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish nazarda tutilgan:

  • AT «Aloqabank"ning soddalashtirilgan ochish shartlari bilan «VISA-migrant» plastik kartalarini joriy etish, hamda ATIB «Ipoteka bank» tomonidan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublikadan tashqariga chiqayotgan fuqarolarga 1000 AQSH dollari ekvivalentida kredit ajratish;
  • «O‘zagrosug‘urta» AJ tomonidan Rossiya Federatsiyasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarni kompleks sug‘urta himoya qilish bo‘yicha Rossiyada o‘z vakolatxonalarini ochish, imtiyozli tariflar bo‘yicha temir yo‘l va aviachiptalar sotish ixtisoslashtirilgan kassalarda vaqtinchalik fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalashni rasmiylashtirish uchun doimiy tarzda sug‘urta agentlarini joylashtirish.

Prezident qabul qilingan qarorini amalga oshirish birinchidan, O‘zbekiston fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga transportda chiqish vaqtida va yetib borgandan so‘ng hayoti va sog‘lig‘i ximoya qilish; ikkinchidan, vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublikadan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolarni hisobini va ro‘yxatga olinishini tashkil etish hisobiga mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solishning zarur mexanizmlarini joriy etish; uchinchidan, mehnat migrantlariga ko‘rsatilayotgan bank va sug‘urta xizmatlari milliy bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirishga imkon beradi.