Lola Karimova-Tillayeva Gimnastika federatsiyasi prezidenti lavozimini tark etadi. Bu haqda mamlakat Birinchi Prezidentining kichik qizi o‘zining Facebook sahifasida e’lon qildi.

«13 yillik faoliyatimdan so‘ng O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidentligi lavozimini tark etishga majbur ekanligimni e’lon qilmoqchiman, — dedi u. — Men barcha sportchilarimiz, federatsiyaning butun murabbiylar jamoasi hamda barcha ishchi xodimlariga a’lo bajarilgan faoliyatlari, ushbu sport turini yuqori darajaga ko‘tarishdagi hissalari, uning rivojlanish yo‘lida tinimsiz mehnatlari hamda g‘ayratlari uchun chin dilimdan tashakkur bildirmoqchiman».

Lola Karimova-Tillayeva Osiyo Gimnastika ittifoqining faxriy prezidenti lavozimini saqlab qoladi.

Fevralda u O‘zbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakili lavozimini yakunlagan edi.