O‘zbekiston Qurolli kuchlari delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar tayyorgarlik jarayonlari, amaliy mashg‘ulotlarni olib borish usul va uslublari bilan yaqindan tanishishdi, deya xabar qildi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Bahodir Qurbonov boshchiligidagi ofitserlar Rossiyaning Markaziy harbiy okrugidagi Chelyabinskda joylashgan dala-o‘quv maydonida tankchilar diviziyasi hamda Samara garnizonidagi harbiy bo‘linmalarning amaliy taktik mashg‘ulotlarini kuzatishdi.

Xususan, O‘zbekiston delegatsiyasi u yerda razvedka ishg‘ol tizimini qo‘llagan holda batalon taktik guruhlarining jangovar o‘q otish mashqlari, qo‘shin turlari bilan hamkorlikni tashkil etishda qo‘mondonlik punktlarining ish tartibi, shuningdek, tankchilarning reyd harakatlari va shartli dushman flangiga yorib kirish usullari bilan tanishishdi.