6−7-fevral kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xitoy Xalq Respublikasida rasmiy tashrif bilan bo‘ladi, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Tashrif dasturiga ko‘ra XXR tashqi ishlar vaziri Van Yi, qator vazirlik va idoralar rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkaziladi. Unda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Xitoy muloqotini yanada faollashtirish istiqbollarini muhokama qilish hamda mintaqa va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashish kutilmoqda.