22 yanvar kuni Toshkentning Yunusobod tumani Moyqo‘rg‘on ko‘chasida BMW haydovchisi, 1988 yilda tug‘ilgan erkak mast holatda avtomobil boshqarib daraxtga urilgan. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Bir yo‘lovchi, 1996 yilda tug‘ilgan yigit hodisa joyida hayotdan ko‘z yumdi. Yana uch yo‘lovchi — 1978, 1987 va 1997 yillarda tug‘ilgan erkaklar — bosh qismidan jarohat oldi. Ular 7-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizildi.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.