Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar termasi Janubiy Koreyani mag‘lubiyatga uchratib, U-23 Osiyo chempionati finaliga chiqdi. Xitoyning Kunshan shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 4:1 hisobida yakunlandi.

O‘yinda hisobni birinchi bo‘lib Ravshan Haydarov shogirdlari ochdi. 33- daqiqada hujumchi Zabihullo O‘rinboyev Javohir Siddiqovdan to‘pni olib, raqib darvozasiga yo‘lladi.

Ikkinchi taymda Xvan Xen Su hisobni tenglashtirdi, biroq 74- daqiqadan Janubiy Koreya jamoasi bir kishi kam bo‘lib o‘ynashga to‘g‘ri keldi — Chjan Yun Xo qo‘pol o‘yin uchun ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi.

Janubiy Koreyaliklar ekstra-taymlargacha hisobni saqlab qolishning uddasidan chiqdi, biroq 110- daqiqada Jasur Yaxshiboyev hisobni oshirdi. Shundan so‘ng Azizjon G‘aniyev chiroyli tarzda raqib darvozasini ishg‘ol qildi. O‘yin tugashiga oz qolganida Akromjon Komilov hisobni yanada yiriklashtirdi.

27 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 13:00 da O‘zbekiston penaltilar seriyasida Qatarni mag‘lub etgan 2:2 (3:4) Vetnamga qarshi o‘ynaydi.

Video