Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti havo bandargohidan chiqishdagi taksichilar faoliyatini tartibga solishga kelishib oldi. bu haqda 15 yanvar kuni Turizm qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aeroportdan chiqishda to‘planib turuvchi taksichilar bilan bog‘liq ko‘plab shikoyatlar kelib tushgan, ularning aksariyati mehmonlar bilan qo‘pol munosabatda bo‘ladi. «Ushbu masala bo‘yicha aeroport rahbariyati bilan kelishuvga erishdik. Tez orada tartibga solinadi», — dedi u.

Aziz Abduhakimov mamlakat aeroportlarida haligacha internetga ulanish, turistik kartalar, SIM-kartalar taqdim etish, turlar, O‘zbekistonda o‘tkazish rejalashtirilgan madaniy tadbirlar to‘g‘risida ma’lumotlar beruvchi xizmatlar tashkil etilmagan.

«Ushbu masalalarni hal etish bo‘yicha ishlar boshlandi. Aeroportlarda Davlat turizm qo‘mitasining maxsus axborot markazlari o‘rnatilmoqda. Mobil operatorlari va turistik kompaniyalar bilan mavjud bo‘lmagan xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Tez orada mamlakatdagi barcha aeroportlarda yagona standart bo‘yicha xizmatlarni tashkil etamiz», — dedi u.