Qarshi-Termiz temir yo‘l uchastkasini elektrlashtirish ishlari yakuniga yetdi, deya xabar qildi «Narodnoye slovo» nashri.

Elektrlashtirilgan temir yo‘lning uzunligi 325 kilometrni tashkil etadi. Loyihaning umumiy qiymati 327,6 mln AQSH dollari bo‘lib, uning 160 mln dollari Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) krediti, 167,4 mln dollari esa «O‘zbekiston temir yo‘llari» mablag‘i hisobidan amalga oshirildi.

Teplovozlarning elektrovozlarga almashtirilishi yo‘lovchi va yuklarni tashishda transport xarajatlarining uchdan bir qismga qisqartishi kutilmoqda. Harakatlanish tezligi oshib, temir yo‘llarning o‘tkazuvchanlik qobiliyati ko‘tariladi.

Loyihani amalga oshirishda Germaniyaning DB Engineering&Consulting GmbH kompaniyasi texnik nazoratni amalga oshirdi.