«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy avikompaniyasi mahalliy reyslarda differensiyalangan tariflar joriy etilgani to‘g‘risida e’lon qildi. Respublika ichidagi barcha yo‘nalishlardagi tariflarning eng past darajasi tushirildi.

MAKdan «Gazeta.uz"ga xabar qilinishicha, eng kam tariflarning pasaytirish darajasi borish manziliga qarab farqlanadi. Masalan Farg‘ona vodiysi shaharlari va Samarqandga amalga oshiriladigan reyslarga eng past tariflar qariyb 10 ming so‘m, Urganchga — 28 ming, Buxoroga — 3 ming, Nukusga — 67 ming, Termizga -86 ming, Qarshi va Navoiyga -163 ming so‘mga pasaytirildi.

Bundan tashqari, barcha mahalliy yo‘nalishlarga guruh tariflari joriy etildi. Ular orqali 5 kishidan boshlanuvchi guruhlar sayyohlik firmalari arizalari bo‘yicha turpaket xarid qilishlari mumkin. Bunday guruhlar uchun tariflar eng kam tariflardan 9−18 ming so‘mgacha arzonlashtirilishi mumkin.

Milliy aviakompaniyadan qayd etilishicha: aviachiptani qancha muddatidan oldin xarid qilinsa, shuncha arzonga tushadi.

O‘rnatilgan tariflar joylar soni bo‘yicha cheklangan, deyiladi MAK xabarida.