O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi U23 (23 yoshdan katta bo‘lmaganlar) o‘rtasidagi Osiyo chempionatining birinchi uchrashuvini 9 yanvar kuni Qatar termasiga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda Futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Bosh murabbiy Ravshan Haydarov rahbarligi ostidagi jamoa «A» guruhida Qatar (9 yanvar, 16:30), Xitoy (12 yanvar, 13:00) va Ummon (15 yanvar, 13:00) bilan o‘ynaydi.

Musobaqa 9−27 yanvar kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadi, unda 16 jamoa ishtirok etadi. Yaponiya Osiyoning amaldagi chempioni hisoblanadi.