O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot markazining maxsus telefon xizmati (71) 200−00−88 o‘z ishini boshladi.

«Gazeta.uz"ning qo‘mita axborot xizmatidan aniqlik kiritishicha, yuqoridagi telefon raqamiga kunning istalgan vaqtida qo‘ng‘iroq qilish bilan O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishga taalluqli har qanday savollarga javob olish mumkin.

Odatiy savollarga darhol javob olish mumkin. Aniqlik kiritish kerak bo‘lgan savollarga esa Davlat turizm qo‘mitasi mutaxassislari javob berishlari mumkin (agarda qo‘ng‘iroq ish vaqtida amalga oshirilgan bo‘lsa).

Kelgusida qo‘mita sayyohlarni axboriy qo‘llab-quvvatlash uchun qisqa raqamni (to‘rt raqamli) ishga tushirishni rejalashtirmoqda.