2018 yil 1 yanvardan mulkchilik shaklidan qat’i nazar tibbiyot muassasalarida ishlayotgan nafaqaxo‘r-shifokorlar pensiya pulini to‘liq hajmda oladi. Bu O‘zbekiston Prezidentining 29 dekabrdagi «Xususiy tibbiyot tashkilotlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish to‘g‘risida"gi qarorida ko‘zda tutilgan.
Hujjatga berilgan rasmiy sharhda qayd etilishicha, qabul qilingan qaror qishloq va olis tumanlarida faoliyat ko‘rsatayotgan shifokorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.