O‘zbekiston Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga Xalilillo To‘raxo‘jayev rahbar bo‘ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 12 dekabr kuni yangi agentlik direktorini tayinlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xalilillo To‘raxo‘jayev mazkur lavozimga tayinlanishidan oldin O‘zbekiston Prezidenti devonining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati bo‘yicha Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Davlat xizmatlari agentligi Prezidentning 12 dekabrdagi «Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni bilan tashkil etildi.