RIA Novosti — Taniqli satirachi Mixail Zadornov 70 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda teleboshlovchi Regina Dubovitskaya xabar qildi. oktyabr oyi boshlarida Zadornov «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida kasalligi bois Yangi yilga qadar belgilangan konsertlari bekor qilishga majbur bo‘lgani haqida xabar bergan, biroq tafsilotlariga to‘xtalmagan edi.

Zadornov — yozuvchi-satirachi, yumorchi, aktyor. 1948 yilda Yurmalada tug‘ilgan. 1982 yilda teleekranlarda chiqish qilishni boshlagan. Ikki yildan so‘ng haqiqiy mashhurlikka erishdi. U «Anshlag» va «Smexopanorama» teledasturlari boshlovchisi va muallifi sifatida shuhrat qozongan.

U 10 dan ziyod asarlar yozgan. Ular orasida —lirik va satirik hikoyalar, ocherklar, yo‘l xotiralari va pesalar keng ommalashgan. Qator mukofotlar bilan taqdirlangan.