Omon G‘ofurov O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi Futbol federatsiyasi matbuot xizmati. U Farhod Magomedov o‘rnida faoliyat olib boradi.

Omon G‘ofurov (1984 yilda tug‘ilgan) — O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti bitiruvchisi. U faoliyati davomida ko‘plab sport tashkilotlari, jumladan O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligida ishlagan.

Shuhrat Saydaliyev.

O‘zbekiston futbolini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga Shuhrat Saydaliyev ijrochi direktor lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar jamg‘arma direktori vazifasini Furqat Sharipov bajargan.

Shuhrat Saydaliyev (1986 yilda tug‘ilgan) — Toshkent avtomobil yo‘llari instituti moliya fakulteti bitiruvchisi. Bank sohasida va Milliy olimpiya qo‘mitasida ishlagan.