Oliy Majlis Senati 4 oktyabrda ochilgan 12-yalpi yig‘ilishda 5 sentyabr kuni Bishkekda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni tasdiqladi.

Qonun 28 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan edi. U O‘zbekiston Prezidenti imzolagandan so‘ng kuchga kiradi. Shartnomaga ko‘ra, tomonlar 1170,53 kilometrlik davlat chegaralari bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni 2 oktyabrda imzoladi. Qirg‘iziston rahbari 5−6 oktyabr kunlari O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi.