O‘zbekiston hukumati tomonidan iqtisodiyotning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni moliya-kredit tashkilotlari va banklarsiz tasavvur etish qiyin. Bank tizimi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan hukumat qarorlari hamda aholi va biznes tomonidan bank-moliya tuzilmasiga bo‘lgan ishonchning oshib borishi o‘z natijalarini bermoqda.

Avvalari konservativ va omonatchilardan yiroq tashkilot deb hisoblangan banklar bugungi kunda to‘laqonli mijozlar manfaatlariga yo‘naltirilgan ilg‘or moliya «supermarketlar"ga aylandi.

Zamonaviy bank, xususan, «Kapitalbank» ATB barcha mijozlarga pul o‘tkazmalari va hisob-kitob xizmatidan tortib kredit berish hamda tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishgacha — keng xizmat turlarini taqdim etmoqdi.

«Kapitalbank» ATB bugun

«Kapitalbank» Aksiyadorlik Tijorat Banki 2001 yil 7 aprelda tashkil topib, u O‘zbekistonning ilk xususiy banklaridan biriga aylandi. 16 yillik faoliyat davomida bank bines ko‘lamida barqaror o‘sishda davom etdi va bu esa o‘z navbatida, respublikaning eng yirik banklari safiga kirishga imkon berdi. Ayni damda uning aktivlari 2,6 trln. so‘mdan ortadi, umumiy kapitali esa 327 mlrd. so‘mni tashkil etadi. «Kapitalbank"ning yirik aksiyadorlari tarkibiga O‘zbekistondagi eng yetakchi sug‘urta kompaniyalardan biri «Kapital Sug‘urta» va Belgiyaning SPRL East West Invest kompaniyasi kiradi.

Hozirda «Kapitalbank» — mijozlarga keng qamrovli bank xizmatlarini taklif qiluvchi barqaror va mas’uliyatli tashkilot mavqeiga ega universal moliya institutidir.

Xalqaro darajaga chiqish — «Kapitalbank» rivojining yangi bosqichi

Boshqaruvning aniq maqsadli strategiyasi va so‘nggi yillardagi jadal rivojlanish bankning erishib bo‘lmaydigan darajaga ko‘tarilishiga kafolat bermoqdi. 2017 yil sentyabr oyining boshida «Kapitalbank» O‘zbekistonning barcha banklari orasida o‘zini xalqaro maydonda ishonch bilan ko‘rsata oldi: bankning taqdimot roligi BBC, Bloomberg va Euronews kabi Yevropaning yetakchi kanallri efirida paydo bo‘ldi. Shu tariqa, 1 mlrd kishidan ortiq auditoriya «Kapitalbank» haqida, uning O‘zbekistondagi ishonchli sarmoyaviy sherik sifatida sermahsul hamkorlik uchun doimo ochiq ekanligidan xabar topdi.


Ichki valyuta bozorini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati uchun shart-sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan O‘zbekiston pul-kredit siyosatining erkinlashtirilishi tufayli bankning sinovdan o‘tgan mahalliy hamkor sifatida jahon bozoridagi mavqei yanada ortdi.

Bankning ishonchliligi bar qator mustaqil xalqaro tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan. So‘nggi to‘qqiz yil davomida Standard and Poor’s xalqaro reyting agentligi tomonidan doimiy tahlillar olib borilib, tadqiqotlariga muvofiq, bankning kredit reytingi B/V darajasiga ko‘tarilgan. Shuningdek, 2016 yil yakuniga ko‘ra, AhborReyting milliy reyting agentligi tomonidan bankka «Barqaror» prognozi bilan UzA reytingi berildi.

Bundan tashqari, 2008 yildan boshlab bankning barcha moliyaviy hisoboti Ernst & Young, Deloitte & Touché va Grant Thornton xalqaro auditorlik kompaniyalari tomonidan xalqaro standartlarga muvofiq mustaqil tekshirib borilmoqda.

Rivojlangan filiallar tarmog‘i — xizmatlar sifati va mavjudligi garovidir

Filial tarmoqlarining faol rivojlanishi O‘zbekistonning har bir burchagida mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish siyosatini amalga oshirishga imkon beradi. Shu bilan birga, bank operatsiyalari turlarini muntazam ravishda kengayib bormoqda. Bu esa mijozlarning zamonaviy bank xizmatlariga nisbatan istalgan ehtiyojlarini to‘liq qondirishga yordam beradi.

Ayni damda bank infratuzilmasi 14 filialdan tashkil topgan bo‘lib: Toshkentda 7 ta filial hamda Buxoro, Termiz, Farg‘ona, Samarqand, Namangan, Nukus, Qo‘qon shaharlaridagi 7 ta mintaqaviy filiallar, shuningdek, boshqa ixtisoslashgan savdo nuqtalari, mini-banklar, omonat kassalaridan iborat.

Mustahkam mijozlar portfeli — ishonch ko‘rsatkichidir

Ko‘p yillik ish tajribasi orqali bank saloxiyatli mijozlar portfelini shakllantirishga muvaffaq bo‘ldi. Uning korportiv mijozlari orasida iqtisodiyotning turli sohalaridan bo‘lgan kompaniyalarni ko‘rish mumkin: qurilish, farmatsevtika, savdo, poligrafiya, shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohalari.

«Kapitalbank» korporativ va chakana segmentni qamrab olgan 2 milliondan ortiq mijozlariga, doimiy ravishda, yuqori darajada xizmat ko‘rsatilishiga alohida e’tibor qaratadi. Bankning barcha bo‘linmalarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish, milliy va xorijiy valyutada fuqarolar omonatlarini qabul qilish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Bank shuningdek, pul o‘tkazmalari, hisob-kitob ishlari, mikrokreditlash va kichik biznes sub’ektlarini kreditlash, valyuta ayirboshlash operatsiyalari va boshqa ko‘plab xizmatlarni taqdim etmoqda.

Bundan tashqari, so‘nggi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilik, yosh oilalar va kollej bitiruvchilarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat dasturlarida faol ishtirok etish orqali ijobiy tajriba egallandi.

Xalqaro hamkorlar — barqaror rivojlanish kafolati

«Kapitalbank» xalqaro faoliyatini faol tarzda rivojlantirib bormoqda va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Hozirda bank Yevropa, Osiyo, AQSH, shuningdek, MDH davlatlarining 11 ta banki, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik o‘rnatilgan. Avstriyaning Raiffezen Bank International, Germaniyaning Deutsche Bank va uning AQSHdagi tuzilmasi Deutsche Bank Trust Company Americas, Koreyaning Shinhan Bank, Rossiyaning «Sberbank», «VTB», «Promsvyazbank», Qozog‘istonning «Kazkommersbank» kabi yirik moliyaviy institutlar bilan hamkorlik qilinmoqda.

Hukumatlararo shartnomalarni qo‘llab-quvvatlash va Rossiya Federatsiyasi bilan savdo aloqalarini kengaytirish maqsadida «Kapitalbank» Rossiyaning «Aziya-Invest» banki bilan faol hamkorlik qiladi. Tashqi savdo faoliyatini qo‘llash va O‘zbekiston sanoat korxonalarining eksport-import salohiyatini oshirish maqsadida Germaniyaning Commerzbank va Avstriyaning Raiffezen Bank International banklari bilan hamkorlik munosabatlari o‘rnatilgan.

Joriy yilda bank tomonidan kichik biznes sub’ektlarini moliyalashtirish maqsadida xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasining kredit liniyasi jalb etildi hamda muvaffaqiyatli o‘zlashtirildi.

«Kapitalbank» jamoasi erishilgan yutuqlardan to‘xtamasdan, bozor sharoitlariga moslashgan holda taqdim etilayotgan xizmatlarning samaradorligini oshirish ustida tinimsiz ishlashda davom etmoqda. Aslida ham, ilg‘or bank texnologiyalari, innovatsion xizmat yondashuvi, professional jamoa va mijozlar manfaatini ko‘zlash misli ko‘rilmagan pog‘onalarga ko‘tarilish va insonlar ishonchini yanada oshirish imkonini beradi.

Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan.