8 sentyabr kuni Toshkentda 50 nafar oshpaz vazni qariyb 8 tonna bo‘lgan rekord darajadagi oshni tayyorladi. Tadbir Milliy telekanali tomonidan tashkillashtirilgan O‘zbegim Milliy qadriyatlar festivali doirasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu rekordni ro‘yxatga olish uchun O‘zbekistonga Guinness World Recordst tashrif buyurdi.

Tadbir doirasida amaliy san’at bo‘yicha master-klasslar, sharqona art-bozor va gastronomik yarmarka, «Tandir shou», xalq ansabllari chiqishlari, teatrlashtirilgan tomoshalar, xalq o‘yinlari va boshqalar tashkil etildi.

Osh tayyorlangan joy sanitar-gigiyenik me’yorlarga muvofiq tarzda to‘siqlar bilan ajratildi. Taomni tayyorlash jarayoni festival o‘tkaziladigan joylardagi 17 ta ekranda namoyish qilindi.

Video

Foto