Qoraqalpog‘istonning Shumanay tumanida 9,3 km uzunlikdagi suv quvurini yotqizish ishlari yakunlandi, deb xabar qildi O‘zA.

«Birleshik» ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi Abat jap, Qaratereng, Birleshik, Bog‘ ovul, Dadek ovul, Gellasqan, Sultash ovul, Baymaqli ovullarida istiqomat qilayotgan 200 ga yaqin xonadon ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Loyiha O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi tuman bo‘limi tomonidan ajratilgan 502 million so‘m mablag‘ evaziga amalga oshirildi.