14 iyul kuni Toshkentda birorta ham yo‘l-transport hodisasi qayd etilmadi, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB sayti.

Shu kuni IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan jami 2176 ta huquqbuzarlik bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 643 tasini qo‘pol turdagi, 17 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan.

Kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 14 iyul kuni jami 722 ta huquqbuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 419 tasini svetoforning ta’qiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 303 tasini belgilangan me’yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.