12−16 iyul kunlari «Termiz» postida Amudaryo sathi 400−420 sm ko‘rsatkichga qadar ko‘tarilishi mumkin, deya xabar qildi O‘zgidromet «Gazeta.uz"ga.

Bu Nurek suv omboridan (Tojikiston) tashlanadigan suv miqdori va yuqori qismlarda erigan suv hajmining ortgani bilan bog‘liq. Qirg‘oqlarning o‘pirilishi va yaqin hududlarning suv ostida qolishi ehtimoli bor.

O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ushbu mavsumda havo haroratining ko‘tarishi munosabati bilan Tojikiston va Qirg‘iziston hududidan muz erishi natijasida hosil bo‘lgan sel oqimlari o‘tib kelishi mumkin.

12 iyul uchun ob-havo bashorati

(11 iyul 20:00 dan 12 iyul 20:00 gacha)

Toshkent

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. G‘arbiy shamol 5−10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi — +21…+23, kunduzi — +33…+35 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. G‘arbiy shamol sharqiy shamolga o‘zgargan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15−20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi — +18…+23, kunduzi — +30…+35 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. G‘arbiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15−20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi — +23…+28, kunduzi — +35…+37 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. G‘arbiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15−20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi — +20…+25, kunduzi — +33…+38 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo bir oz o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. G‘arbiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15−20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi — +22…+27, kunduzi — +34…+39 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. G‘arbiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15−20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi — +22…+27, kunduzi — +32…+37 daraja bo‘ladi.

Mamlakatning tog‘li hududlari

Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir, jala yog‘ish ehtimoli bor. G‘arbiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15−20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi — +11…+16, kunduzi — +20…+25 daraja bo‘ladi.