Artel Mobile e’tiboringizga o‘zida nafis dizayn va zamonaviy texnologiyalarni mujassamlashtirgan yangi smartfonni taqdim etadi.

Dizayn

Artel Mobile zamonaviy smartfon qanday bo‘lishi kerak, degan savolga o‘z nuqtai nazarini bildirmoqda. Birinchi navbatda, ushbu model dizayn borasidagi so‘nggi tendensiyalarga muvofiq tarzda ishlab chiqarilganini qayd etib o‘tish kerak. Artel P5 ishlab chiqaruvchilarini zamonaviy texnologiyalar dunyosidagi eng so‘nggi oyna va metall konsepsiyasi, nafis va jozibador dizayn yaratish istagi ilhomlantirdi. Smartfon 2 xil rangda taqdim etilgan bo‘lib, u turli avlod va kasb egalariga, shubhasiz ma’qul keladi.

Kamera

Bugungi kunda mobil telefonlarni tanlashning asosiy mezonlaridan biri uning sifatli suratga ola bilishidir. Ayni shu talab inobatga olinib, P5 telefonini ishlab chiqishda uning kamera qurilmasiga alohida e’tibor qaratilgan. Smartfon asosiy kamerasi 13 megapikselli bo‘lib, yaxshi yoritilmagan joylarda ham sifatli suratlar {fbb6f7f5} {72fb789b} beradi. 8 megapikselli frontal kamera aqlli avtofokus va bir lahzalik yoritqichga ega bo‘lib, selfi ishqibozlariga juda ma’qul keladi. Artel P5 kamerasining yana bir ustunligi shundaki, unda Beauty Face funksiyasi mavjud. Mazkur funksiya suratlaringizni yanada jozibador qilish {72fb789b} yaratadi.

Ichki qismi

Telefon parametrlari ham Sizni befarq qoldirmaydi. Taqdim etilgan P5 8 yadroli Qualcomm 430 platformasi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, yangilanish xususiyatiga ega Android 7.1 dasturiy ta’minotida ishlaydi. Bu parametrlar smartfonning yuqori tezlikda samarali ishlashini ta’minlaydi. Batareya quvvati 3000 mAs bo‘lib, kun mobaynida telefondan faol foydalanish mumkin. Biznes vakillari va tadbirkorlar uchun Artel Mobile 2ta sim kartadan foydalanish imkoniyatini ko‘zda tutgan. Bu bilan u doimo aloqada bo‘lishingizni ta’minlaydi.

Ekran

5 dyuymli Full HD o‘lchamli sensor ekranga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. Ushbu model displeyi tasvirdagi barcha ranglar jilovini o‘zida aks ettiradi. Shuningdek, Artel P5'ni ishlab chiqishda IPS matritsadan foydalanildi. Natijada ekranning ko‘rish burchagi qariyb 180 darajaga kengayib, yuqori piksellar {885ffbfb} displeyni ishlab {d8c0fbe5} imkoni paydo bo‘ldi.

Himoya

Artel Mobile ishlab chiqaruvchilari shaxsiy ma’lumotlaringizni muhofaza qilishni ham ko‘zda tutgan. Maxsus sensor barmoq izlarini his qilib, telefondagi ma’lumotlar xavfsizligiga ishonch hosil qilishingizni ta’minlaydi. U birdaniga besh barmoq izini xotirada saqlay oladi. Saqlangan barmoq izlari {f91fba0e} 5ta turli funksiyasiga tezlik bilan kirish {72fb789b} beradi.

Kompaniya tomonidan yangi smartfonga 1 yillik bepul to‘liq kafolat beriladi, bu mutaxassis ish haqi, ta’mirlash hamda ehtiyot qismlarini almashtirishni o‘z ichiga oladi. Artel Mobile O‘zbekiston aholisiga hamyonbop narxlardagi zamonaviy telefonlarni taqdim etib kelmoqda. Shu sababli, endilikda aksariyat iste’molchilar zamonaviy texnologiyalarning barcha jihatlaridan foydalanishlari mumkin. Bu aholi uchun yangi imkoniyat demakdir.

Qo‘shimcha ma’lumotni {a02fb389} orqali olishingiz mumkin: (+99871) 150−99−88.

Sayt: artelmobile.uz
Facebook: fb.com/artelmobile.official

Reklama huquqi asosida. Maxsulotlar sertifikatlangan.