Inom Majidov O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri etib tayinlandi. Prezident 20 iyun kuni shu haqdagi farmonni imzoladi, deb xabar qildi hukumat portali.

U mazkur lavozimga Prezidentning boshqa farmoni bilan O‘zbekiston Prezidenti Davlat maslahatchisi birinchi o‘rinbosari — Tashkiliy-kadrlar xizmati rahbari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimiga tayinlangan Rustam Qosimov o‘rniga tayinlandi. Avvalroq mazkur lavozimda Savdo-sanoat palatasiga rahbarligiga tayinlangan Adham Ikromov faoliyat ko‘rsatar edi.

Tayinlovga qadar Inom Majidov 2016 yil sentyabrdan oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Ungacha esa OO‘MTV oliy ta’lim muassasalari bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.