Axmed Reymov Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat universitetiga rektor bo‘ldi. Bu haqda OTM ma’muriyati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Axmed Reymov 2014—2017 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo institutining ilm-fan bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Universitet rektori mart oyida Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlanganidan so‘ng o‘quv ishlar bo‘yicha prorektor Muxtar Ibragimov rektor vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan edi.