Ahadbek Haydarov O‘zbekiston moliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Prezident shu haqdagi qarorni imzoladi, deb xabar qildi Moliya vazirligi matbuot xizmati.

Ahadbek Haydarov ijtimoiy sohalar, ilm-fan, boshqaruv organlari va byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi faoliyatini moliyalashtirish masalalarini nazorat qiladi.

Tayinlovga qadar Ahadbek Haydarov (1971 yilda tug‘ilgan) «Mikrokreditbank» boshqaruv raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.