E’tiboringizga zamonaviy, innovatsion, yuqori texnologiyali Avalon muzlatgichlari taqdim etilmoqda. Avalon, bu — premium sinfiga mansub maishiy texnika bo‘lib, o‘zining yuqori funksionalligi va ixchamligi bilan ajralib turadi. Ichki va tashqi qismidan o‘rin olgan barcha kichik detallari atroflicha o‘ylangan Avalon maishiy texnikasi eng ilg‘or texnologiyalar va elegant dizaynni o‘zida mujassam etadi. Bularning barchasi uning zamonaviy oshxonadan munosib joy olishiga zamin yaratadi.

Avalon muzlatgichlarini yaratishda tashqi dizaynga ham alohida e’tibor qaratilgan. Avalon muzlatgichlari o‘z tashqi qiyofasi bilan darhol kishi e’tiborini o‘ziga tortadi. Qisqa va lo‘ndalikni yoqtiradiganlarni zanglamaydigan po‘latdan ishlangan modellar o‘ziga jalb qilsa, estetik go‘zallik shaydolari qora shishadan tayyorlangan va intellektual sensorli panel boshqaruviga ega modelga e’tibor qaratishi shubhasiz.

Avalon muzlatgichlarining keng assortimenti turli talablarga ega oilalar uchun o‘ziga mos bo‘lgan modelni tanlash imkonini beradi. Modeldan kelib chiqib, Avalon muzlatgichlari hajmi 432 dan 610 litrgacha bo‘lishi mumkin. Bunday hajm 5 va undan ortiq a’zosi bo‘lgan katta oilaga juda qulaydir.

Avalon muzlatgichlarni yaratishda eng samarali, zamonaviy texnologiyalardan foydalaniladi. Aynan shuning uchun Avalon muzlatgichlari qator afzalliklar va foydali vazifalarni o‘zida mujassamlashtiradi. Ular oziq-ovqatlarni nafaqat uzoq vaqt, balki xavfsiz holda saqlash imkonini ham beradi. Shu bilan birga, ularning barcha foydali jihatlari yo‘qotilmaydi.

Avalon muzlatgichlarida oziq-ovqatlarning barcha foydali xususiyatlari va yangiligini saqlab qolish uchun eng zamonaviy Multi Air Flow sovutish texnologiyasi qo‘llanildi. U butun muzlatkich bo‘ylab sovutilgan havoni bir tekisda taqsimlaydi. Natijada muzlatish kamerasida doimiy kerakli harorat va namlik darajasi saqlanib qoladi. Bu esa oziq-ovqatlarni oddiy muzlatkichlarga qaraganda uzoqroq vaqt davomida saqlash mumkinligini anglatadi.

Avalon muzlatgichlarining yana bir o‘ziga xos xususiyati, bu — Twin Cooling System texnologiyasi. U sovutish va muzlatish kameralarini bir-biridan alohida tarzda sovutish imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, har bir kamerada alohida optimal harorat sharoitini sozlash imkonini yaratadi.

Avalon muzlatgichlarining xususiyati shu bilan tugamaydi. Ishlab chiqaruvchilarning yana bir samarali g‘oyasi My Fresh Choice texnologiyasini o‘zida ifoda etadi. My Fresh Choice hududi muzlatish kamerasidagi mustaqil konteyner bo‘lib, uning ichida muzlatishning uchta rejimidan birini tanlash mumkin: yengil (-5°S), o‘rta (-12°S), chuqur (-18°S) muzlatish.

Avalon muzlatgichlaridagi Nano Fresh texnologiyasi esa oilaning barcha a’zolari xaqida qayg‘uradi. Bu texnologiyadan foydalanish orqali muzlatish kamerasida bakteriyalar yo‘q qilinib, yana paydo bo‘lishining oldi oladi.

Shu tariqa o‘ziga yuqori texnologiyalarni jamlab olgan Avalon muzlatgichlari mahsulotlarning barcha foydali xususiyatlarini yo‘qotmagan holda ularni yangiligicha saqlashda qo‘l keladi.

Yakunda shuni ta’kidlab o‘tish joizki, Avalon kir yuvish mashinalari, konditsionerlar, oshxona havo tortgichlari, muzlatgichlar, idish yuvish mashinalari va o‘rnatiladigan oshxona texnikasini qamrab oluvchi barcha texnikalarga 3 yillik kafolatni taqdim etadi. Bundan tashqari, servis markazlari mavjud bo‘lib, ularda faoliyat ko‘rsatuvchi professional mutaxassislardan doimo kerakli yordam va maslahatlarni olishingiz mumkin.

Siz Avalon texnikasini xarid qilib, sifat va ishonchni tanlaysiz. Avalon — siz uchun yaratilgan.

Reklama huquqi asosida. Maxsulotlar sertifikatlangan.