1−5 may kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston va Turkmaniston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston Hukumatlararo qo‘shma komissiya ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra 2017 yil uchun dala tekshiruv ishlari rejasi kelishib olindi.

TIV xabarida qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 6−7 mart kunlari Turkmanistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston-Turkmaniston Davlat chegarasini huquqiy rasmiylashtirish bo‘yicha muzokaralar jadal tus oldi.