O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi 1 maydan boshlab ichki ishlar organlari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni qabul qilish uchun test rejimida qisqa raqamni ishga tushiradi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekiston Prezidentining ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoni talablariga muvofiq, Ichki ishlar vazirligining Jismoniy-yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ish yuritish boshqarmasi tashkil etildi.
Mazkur boshqarma tarkibida «Murojatlarni telefon orqali qabul qilish markazi — tashkil etildi.
Ishonch telefoni raqami oy oxirigacha ma’lum qilinadi, deya xabar berdi IIV matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.