Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 26 aprel kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavusho‘g‘li bilan uchrashdi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 8 raundi davomida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, sayyohlik, madaniy va boshqa sohalarda ikki tomon munosabatlariga doir barcha dolzarb masalalar batafsil muhokama qilindi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda aksariyat dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar, shuningdek yetakchi xalqaro tashkilot va institutlar, birinchi navbatda BMT va Islom hamkorlik tashkiloti doiralaridagi aloqalarni mustahkamlash masalalari bo‘yicha pozitsiyalarning o‘xshash va muvofiqligi tasdiqlandi.

Siyosiy maslahatlashuvlar yakunlari bo‘yicha o‘zaro aloqalarning yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallagan maqsad va vazifalarini belgilab beruvchi muhim kelishuvlarga erishildi.

Jumladan, Ikki davlat tashqi siyosat idoralari o‘rtasida 2017−2018 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi o‘zbek-turk munosabatlarini har jihatdan rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.