25 aprel kuni Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavushog‘li rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi.

O‘zbekiston TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, tashrif doirasida Vazir Mavlut Chavushog‘lining O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.

Dasturda Turkiya delegatsiyasining O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatida, tashqi ishlar va tashqi savdo vazirliklarida ham muzokaralar o‘tkazishi belgilangan.