O‘zbekiston Prezidentining 20 apreldagi farmoniga muvofiq Ravshan G‘ulomov Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. Bu haqda qo‘mita saytida xabar qilindi.

Tayinlovga qadar Ravshan G‘ulomov O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot fondi ijrochi direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, davlat rahbarining 18 apreldagi farmoni bilan Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bazasida yangi qo‘mita tashkil etildi.