Orol dengizining qurib qolgan hududidagi 11 ta kemani qayta tiklash va ularga qiziqish yuqori bo‘lgan sayyohlar keluvchi mamlakatlar nomini berish nazarda tutilmoqda, deb xabar qildi Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi axborot xizmati.

Kemalardan birinchisiga «Germaniya», ikkinchisiga esa «Yaponiya» nomi beriladi, deydi Mo‘ynoq tumani madaniyat va sport ishlari bo‘limi boshlig‘i Gulbahar Toqsanbayeva. Qolgan kemalarning nomi esa mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.

«Buynыy».

Mo‘ynoq tumani hokimi Xudaybergen Uteniyazovning ta’kidlashicha, ko‘pchilikning taklifiga binoan Mo‘ynoq tumani markazidagi «Buynыy» nomli kema «O‘zbekiston» nomi bilan atalishi ma’qul ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyi so‘ngida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mo‘ynoq tumanini 2017−2018 yillarda iqtisodiy rivojlantirish va bandlikni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorini imzolagan edi. Unda asosiy e’tibor hududning turistik salohiyatini rivojlantirish dasturiga qaratilgan.