AQSH Qurolli kuchlari Suriya vaqti bilan ertalab 4:40 da Xoms provinsiyasi «Al-Shayrat» tumanidagi Idlib provinsiyasiga kimyoviy hujum uyushtirganlikda taxmin qilinayotgan hukumat qo‘shinlari bazasiga zarba berdi. Bu haqda Pentagon saytida xabar qilindi.
59 ta qanotli «Tomagavk» raketasi AQSHning O‘rta Yer dengizidagi floti kemasidan Prezident Donald Tramp buyrug‘iga ko‘ra uchirildi. Xabarda ushbu zarbalar Bashar Asad tuzumining o‘z fuqarolariga qarshi kimyoviy quroldan foydalanganiga javob tariqasida berilgani aytilgan.
YUNISEF ma’lumotlariga ko‘ra, seshanba kuni Idlib provinsiyasiga uyushtirilgan hujum natijasida eng kamida 27 bola halok bo‘ldi. 546 kishi u yoki bu darajada zaharlanishdan aziyat chekkan bo‘lsa, ularning aksariyati bolalardir. Qurbonlar soni ortmoqda.
Suriya aviabazasiga uyushtirilgan hujumlarda samolyotlar, angarlar, neft va logistika omborxonalari, qurol-aslahalar saqlanayotgan bunkerlar, havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari va radarlar nishonga olindi. AQSH Mudofaa mahkamasi mazkur hujumlar kelgusida Suriya qo‘shinlari tomonidan kimyoviy qurollardan foydalanilishining oldini olishga xizmat qiladi.