O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 18 martdagi farmoni bilan Abdurahmon Abduvaliyev Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qildi.

Abdurahmon Abduvaliyev bunga qadar avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha «O‘zavtoyo‘l» Davlat aksionerlik kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Kompaniya bazasida esa yangi qo‘mita tashkil etildi.

Davlat rahbarining shu kunning o‘zida imzolangan farmoni bilan Shuhrat Nazarov Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U muqaddam «O‘zavtoyo‘l» boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.