O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlarining kasb bayrami ta’sis etiladi. Dekabrning ikkinchi yakshanbasida ushbu bayramni nishonlashni ko‘zda tutgan qonun loyihasi normativ-huquqiy aktlar portaliga muhokama uchun joylashtirildi.

Hujjatda aytilishicha, qonundan ko‘zlangan maqsad qishloq va suv xo‘jaligi xodimlari uchun zarur sharoitlarni yaratish va ular mehnatini munosib taqdirlashdan iborat.

Qonun qabul qilingan taqdirda, qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni joriy yilning 10 dekabrida ilk bor nishonlanadi.