Toshketdagi ikkita — «Oloy bozori» va «Oybek metrosi» bekatida bepul Wi-Fi ishga tushirildi. Ularni ishga tushirilgan marosim 16 mart kuni bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi ijtimoiy loyihani amalga oshirayotgan BRAVO PHARMA kompaniyasi «Gazeta.uz"ga.

Farmatsevtik korxonalar operatsiyalari bo‘yicha direktor Manish Kumar Shantaning ta’kidlashicha, kompaniya yanada ko‘proq kishilarning internet va axborot texnologiyalaridan foydalanishga jalb etishga harakat qilmoqda.

«Kelgusida biz loyiha qamrovini kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz. Kelgusi bosqichlarda „Buyuk Ipak Yo‘li“ metrosi, „Istiqlol“ saroyi, parklar, universitet, shifoxonalar va boshqa jamoat ob’ektlarida bepul Wi-Fi nuqtalari tashkil etiladi», — deb qo‘shimcha qildi BRAVO PHARMA vakili.