Toshkentning «Bunyodkor» futbol klubi Eronning 2017 yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi uchinchi turi doirasida uy uchrashuvida Eronning «Zob Ahan» klubidan mag‘lubiyatga uchradi. 13 mart kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv 0:2 hisobi bilan yakunlandi.

Eron klubi futbolchilari ikkinchi taymda Murodjon Zuxurov darvozasiga javobsiz ikki gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 55-daqiqada gonduraslik hujumchi Jerri Bengtson hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 6 daqiqa o‘tib Morteza Tabriziy Alisher Sanoyev folidan so‘ng penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Navbatdagi mag‘lubiyatdan so‘ng Sergey Lushan jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasi tarixidagi g‘alabasiz eng uzun seriyani yanada uzaytirdi — 4 durang, 13 mag‘lubiyat.

«S» guruhida hamon Saudiyaning «Al-Ahli» (6) va «Al-Ayn» (4), Eronning «Zob Ahan» (4) jamoalari yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, «Bunyodkor» birorta ham ochko to‘play olmagan holda so‘nggi pog‘onani band etib turibdi.

Video