Samarqand viloyati hokimi Himmat Oqbo‘tayev 12 mart kuni amaliy tashrif bilan Tataristonga (Rossiya) bordi. Qozon xalqaro aeroportida uni Tatariston bosh vaziri Ildar Xalikov kutib oldi, deb xabar berdi Tatariston hukumati matbuot xizmati.

Himmat Oqbo‘tayev «Alabuga» iqtisodiy zonasi, «KAMAZ» avtomobil zavodi ishlab chiqarish maydoni, «Sentr meditsinskoy nauki"/"Eydos» tibbiy simulyatorlar mintaqaviy injiniring markazi va «Kazan» Agrosanoat parkiga tashrif buyurishni rejalashtirgan. U «IT-park» texnoparki va Innopolis fan shaharchasi misolida Tataristonda informatsion texnologiyalar taraqqiyoti bilan ham tanishadi.

Samarqand viloyat ma’muriyati rahbari «Kazanskaya yarmarka» ko‘rgazma markazidagi XVIII xalqaro «Energetika. Resursosberejeniye» ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi ochilishida ham ishtirok etadi. Himmat Oqbo‘tayev, shuningdek, Tatariston Savdo-sanoat palatasida Samarqand viloyati iqtisodiy salohiyati taqdimotini o‘tkazadi.

14 mart kuni Himmat Oqbo‘tayev Qozon Kremlida Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashadi. Tomonlar mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish uchun odimlarni belgilab olishni rejalashtirgan.