Toshkent markazidagi Amir Temur maydonini Ohangaron shossesi bilan bog‘lovchi Taraqqiyot ko‘chasi atoqli turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli sharafiga qayta nomlandi. Bu haqda «Gazeta.uz"ning poytaxt hokimiyatidagi axborot manbasi xabar qildi.

Geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash bo‘yicha shahar komissiyasining Toshkentda Maxtumquli nomini abadiylashtirish to‘g‘risidagi taklifi Xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan 1 martda tasdiqlandi.

Shaharning Mirobod va Yashnobod tumanlari orqali o‘tuvchi ko‘chaning qayta nomlashini Preziden Shavkat Mirziyoyevning 6−7 mart kunlari Turkmanistonga rejalashtirilgan davlat tashrifi arafasida sodir bo‘ldi.