Toshkentdagi O‘zbekiston ko‘chasi qayta nomlanib, Islom Karimov ko‘chasi bo‘ldi. Bu haqda poytaxt hokimiyati matbuot xizmati xabar qildi.

xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori Prezident Shavkat Mirziyoyevning 25 yanvardagi O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

Islom Karimov ko‘chasi shaharning besh tumani — Mirobod, Yunusobod, Yakkasaroy, Shayxontohur va Chilonzorni birlashtirib turadi.