Toshkentda 30 apreldan 7 maygacha erkaklar o‘rtasida boks bo‘yicha 2017-yilgi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasi (AIBA) sayti.

Osiyo birinchiligi doirasida medallardan tashqari, 25-avgustdan 4-sentyabrga qadar Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga 60 ta litsenziya ham o‘ynaladi. 10 ta vazn toifasining (49 dan 91 kg dan ortiqgacha) har biri bo‘yicha 6 nafardan eng yaxshi bokschilar JCH-2017 da ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladi.

Avvalgi JCH-2015 Tailandning Bangkok shahrida o‘tkazilib, O‘zbekiston termasi ikkita oltin, beshta kumush va bitta medal jamg‘argan holda umumiy hisobda ikkinchi o‘rinni band etgan edi. O‘shanda g‘oliblik Qozog‘iston termasiga (5−1−1), uchinchi o‘rin esa mezbonlarga (2−0−0) nasib etgan.

Qayd etish joizki, O‘zbekiston o‘smirlar o‘rtasida 2015-yilgi Osiyo chempionati, Jahon boks seriyasi WSB va AIBA Pro Boxing musobaqa loyihasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.