27-yanvar kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, sog‘liqni saqlash vaziri Adham Ikromov Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining Sankt-Peterburgdagi V.Almazov nomli Shimoli-G‘arbiy federal tibbiy tadqiqot markaziga tashrif buyurdi.

Markaz saytining xabar berishicha, tashrif chog‘ida mazkur tibbiyot muassasasi va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

Hujjatda klinik, profilaktik va eksperimental kardiologiya sohasida hamkorlikdagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun ilmiy-ta'limiy va tadqiqot muhitini yaratish ko‘zda tutilgan.