O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27−28-yanvar kunlari Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi.

Tashrifning ikkinchi kuni davlat rahbari Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining Xorazm filiali bilan tanishdi, deb xabar qildi O‘zA. Ushbu tibbiyot maskani negizida Rossiyaning A.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi ilmiy-amaliy markazi filialiни tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu chaqaloqlarda uchraydigan yurak nuqsonlarini aniqlash va davolash, yiliga 3 mingdan ziyod bemorga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatishga imkoniyat yaratadi. Mazkur shifoxona Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro viloyatlari aholisi uchun mintaqaviy markaz bo‘ladi.

1100 ga yaqin talaba ta’lim olayotgan Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali negizida I.Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda klinika tashkil etilmoqda. Unda endokrinologiya, otoloringologiya, gematologiya, allergologiya, terapiya bo‘limlari ochiladi. Universitet olim va shifokorlari bu yerda dars beradi, diagnostika ishlarini olib boradi va davolaydi. Talabalar klinikada zamonaviy davolash usullarini chuqurroq o‘rganadi.

Prezident bu ikki muassasa Orolbo‘yi aholisi uchun tarixiy va ijtimoiy ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi. Bu markazlar mazkur hududda ko‘p uchraydigan kasalliklarni samarali davolash, tibbiyot xodimlari va o‘qituvchilarning bilim va malakasini oshirishda muhim o‘rin tutadi.

Mamlakat rahbari Oxund bobo masjidi qurilish участкасида bo‘ldi. Nuroniylar bilan suhbatda yoshlarni yuksak ma’naviyatli insonlar etib tarbiyalash, tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash, viloyatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar haqida so‘z bordi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidentining Xorazm viloyatidagi Xalq қаbuлхонасини borib ko‘rdi. Har bir murojaatni nazoratga olish va hal etish, fuqarolar uchun qulayliklarni yanada oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Prezident Urganch shahrida tashkil etiladigan sanoat korxonalari loyihalari bilan tanishdi.

“Mem gilan” xorijiy korxonasida infuzion qorishmalar, ampulalar, tabletka va kapsulalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Umumiy qiymati 29 milliard so‘mlik ushbu loyiha natijasida 200 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi. Hududda bunday farmatsevtika korxonasi yo‘qligi bois yangi quvvat dori vositalari narxini arzonlashtirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, yiliga 3,8 million dollarlik mahsulotni eksport qilish rejalashtirilgan.

“Urganch maxsus trans” mas’uliyati cheklangan jamiyati Milliy bank ko‘magida maishiy chiqindini qayta ishlash loyihasiga kirishgan. Korxonada Xitoy texnologiyasi asosida yiliga 250 ming tonna chiqindini yig‘ish, saralash va qayta ishlash yo‘lga qo‘yiladi. Bu shahar ozodaligi, aholi salomatligini saqlash va bandlikni oshirishda muhim omil bo‘ladi.

“Urg-teks” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshiriladigan yana bir loyiha ip-kalava ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. Korxona Germaniya va Turkiya uskunalari asosida yiliga 4 ming tonna mahsulot tayyorlash, 200 ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Har yili 6,5 million dollarlik tovar eksport qilish mo‘ljallanmoqda.

2017 yilda O‘zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligi keng nishonlanadi. Prezident Komiljon Otaniyozov nomi bilan ataladigan ijod markazi va uning tarkibidagi bog‘ qurilish uchastkasini borib ko‘rdi. Bu yerda Komiljon Otaniyozov haykali barpo etiladi.

Urganch shahridagi 11-bolalar musiqa va san’at maktabida mehnat faxriylari, san’at va adabiyot namoyandalari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatni har tomonlama rivojlantirish, odamlarning dunyoqarashi va ma’naviyatini yuksaltirish, aholi turmush darajasini yanada oshirish haqida so‘z bordi.